Jirinovskiy Rossiya Ukrainani qanday “bo‘lib olishini” ko‘rsatib berdi

© TwitterJirinovskiy rejet tort
Jirinovskiy rejet tort - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jirinovskiyga ko‘ra, Dneprning chap qirg‘og‘i, Novorossiya hududi – bu rus yerlari va ular Moskva qo‘l ostiga qaytadi.

TOShKENT. 28 apr – Sputnik.  LDPR partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy o‘z tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilingan tort misolida Rossiya Ukrainani qanday bo‘lib olishini ko‘rsatib berdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Ijtimoiy tarmoq sahifasida joylashtirilgan videolavhada, Jirinovskiy o‘ziga xos bo‘lgan hazilomuz ohangda shunday dedi:

“Men har doim aytganman, Kiyev hech qachon Ukrainaga tegishli bo‘lmagan yerlarga xo‘jayinlik qilmoqda. Dneprning chap qirg‘og‘i, Novorossiya hududi – bu rus yerlari va ular Moskva qo‘l ostiga qaytadi.

“Rossiya-1” jurnalistlari menga Ukraina shaklida tort sovg‘a qilishdi. Hozir biz uni adolat bilan bo‘lib olamiz. Mayli G‘arb tomonda joylashgan uchdan bir qismi Ukrainaga qolsin. U tomon - “Galitsiya” deb nomlansin. Ularga shu qoladi. Qolgani esa Rossiyaga bayrog‘i ostiga o‘tadi. 

Tort juda mazali. Ko‘rayapsizmi men uni  qanday ohista kesayapman. Hech kimga yomonlik qilish niyatim yo‘q. Uchdan biri ularga, uchdan ikkisi – bizga”, - deydi hazilkash Jirinovskiy.

LDPR rahbari, Vladimir Jirinovskiy juda ko‘p shov-shuvli gaplarni aytgan. Boshqa siyosatchilar aytishga hatto xayol qilishga qo‘rqqan narsalarni, Jirinovskiy doimo baralla aytib kelgan.

Tan olish kerak-ki, Jirinovskiyning prognozlari o‘z vaqti uchun qanchalik balanparvoz yoki haqiqatdan yiroq bo‘lib tuyulsada, oradan vaqt o‘tib ularning aksariyati amalga oshgan. Masalan, 2008-yilda u Rossiya hech qachon Sevastopoldan ketmaydi, Ukraina gaz uchun bozor narxida pul to‘laydi deganida ko‘pchilik kulgan edi. Bugun bo‘lsa...

Yangiliklar lentasi
0