Jamiyat

Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishPatsiyent vo vremya protsedurы ochistki krovi na apparate "Iskusstvennaya pochka"
Patsiyent vo vremya protsedurы ochistki krovi na apparate Iskusstvennaya pochka - Sputnik Oʻzbekiston
Milliy palataga Hukumat tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.

TOSHKENT, 29 apr – Sputnik. Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi

Nizomga muvofiq, Milliy palata respublika sogʻliqni saqlanishini boshqarishga innovatsion modellar joriy etilishi uchun masʼul boʻlgan respublika tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini birlashtiruvchi davlat tashkiloti hisoblanadi.

Medikamentы i preparatы dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Onkologik kasalliklarni davolash uchun dori vositalarini ishlab chiqish tashkil etiladi

Taʼkidlanishicha, milliy palata zamonaviy klinik qoʻllanmalar va bayonnomalar, tashxis qoʻyish va davolash sifat standartlari, shuningdek, moddiy-texnik jihozlash standartlarini ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning oʻz vaqtida joriy etilishi ustidan monitoring olib boradi.

Shuningdek, nizom bilan Milliy palataning huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

Milliy palataga Hukumat tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi. Milliy palata huzurida Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlashning innovatsion modelini joriy etish boʻyicha maslahat kengashi tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala