Dunyoda

Putin Zelenskiyga maslahat berdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin provel soveщaniye s chlenami pravitelstva RF
Prezident RF V. Putin provel soveщaniye s chlenami pravitelstva RF - Sputnik Oʻzbekiston
Putin Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyga mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish borasida maslahat berdi.

TOSHKENT, 29 apr – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti saylovlarida gʻalaba qozongan Vladimir Zelenskiyga inson huquqlarini himoya qilish borasida maslahat berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Vladimir Putin Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyga mamlakatda inson huquqlarini himoya qilishni gruzinlar, xususan, Mixail Saakashvilidan boshlashni maslahat bergan.

Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Poroshenko siyosati toʻliq barbod boʻldi – Putin

“Masalan, oʻtmishda gruzin boʻlgan, bugun esa oʻzini ukrain deb hisoblayotgan kishiga Ukraina pasportini qaytarish berish adolatli boʻlgan boʻlardi. Men Mixail Nikolayevich Saakashvilini nazarda tutyapman», - dedi Putin jurnalistlarga.

Putin Saakashvili “koʻplab Ukraina fuqarolari kabi noqonuniy ravishda fuqaroligidan mahrum etilib, mamlakatdan chiqarib yuborilgani va uni qaytarib, poymol boʻlgan xaq-huquqlarini tiklash kerak” ekanligini eslatdi.

Gruziya sobiq rahbari va Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili 2017 yili amaldagi prezident Pyotr Poroshenko tashabbusi bilan Ukraina fuqaroligidan mahrum qilingan. Shuningdek, sobiq Odessa gubernatoriga 2021 yilgacha mamlakatga kirish taqiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala