Rossiyada maktab o‘quvchilari o‘zbekistonlikka yo‘qotgan 220 ming rubl pulini topib berishdi

© Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishRossiyskie banknoti
Rossiyskie banknoti  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Salexard shahrida O‘zbekiston fuqarosiga yo‘qotgan pulini topib berishda yordam bergan maktab o‘quvchilari taqdirlandi.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Rossiyaning Salexard shahrida O‘zbekiston fuqarosiga yo‘qotgan pulini topib berishda yordam bergan maktab o‘quvchilari taqdirlandi. Bu haqda Rossiyaning Yamal-Nenes avtonom okrugi IIVB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

© Press-slujba UMVD Rossii po Yamalo-Neneskomu avtonomnomu okruguShkolniki pomogli uzbekistansu vernut 220 tisach rubley
Rossiyada maktab o‘quvchilari o‘zbekistonlikka yo‘qotgan 220 ming rubl pulini topib berishdi - Sputnik O‘zbekiston
Shkolniki pomogli uzbekistansu vernut 220 tisach rubley

Gimnaziya o‘quvchilari mashg‘ulotlardan qaytayotgan vaqtda ko‘chada unutib qoldirilgan paketni topib olishadi. Paket ichida O‘zbekiston fuqarosi pasporti, boshqa hujjatlar va ichida ko‘p miqdorda puli bo‘lgan hamon bo‘lgan. Ikki o‘smir ushbu topilmani zudlik bilan politsiya bo‘limiga olib borishadi.

Xabarda qayd etilishicha, paket ichidagi barcha hujjat va pullar bilan egasiga allaqachon qaytarilgan. O‘zbekiston fuqarosiga hujjat va pullarini qaytarishda yordam bergan bolalarga minnatdorchilik izhor etilgan va ularga IIVBning qimmatbaho sovg‘alari topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0