Siyosat

Rossiyadan ayrim davlatlarga pul oʻtkazmalar miqdori cheklandi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы. Dollarы SSHA.
Denejnыe kupyurы. Dollarы SSHA.  - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi choralar moliya sohasida amalga oshirilayotgan tovlamachiliklarning oldini olishga qaratilgan.

TOSHKENT, 29 apr – Sputnik. Rossiyada ishlayotgan bir necha yirik pul oʻtkazish tizimlari bir qator Osiyo mamlakatlariga joʻnatilayotgan pullar miqdorini chekladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiyadan eng koʻp pul oʻtkazmalari Oʻzbekistonga joʻnatilgan

Western Union ushbu choralar moliya sohasida amalga oshirilayotgan tovlamachiliklarning oldini olishga qaratilganini xabar qildi. Yangi tartibga koʻra, Western Union orqali 30 kunda 100 ming rubl oʻtkazish mumkin.

“Zolotaya Korona” tizimi orqali Qozogʻistonga bir oyda 150 ming oʻtkazish mumkin,  Qirgʻizistonga – 100 ming, Xitoy va Vyetnamga – 1,5 ming dollar.

Contact  tizimi esa oʻtkazmalar miqdorini Qozogʻiston va Qirgʻizistonga - 600 ming rubl yoki 20 ming dolla/yevro miqdorida, Xitoyga - 100 ming rubl miqdorida chekladi.

Qizigʻi shundaki, Rossiyadan eng koʻp pul oʻtkazayotgan mamlakat – Oʻzbekiston borasida hech kim cheklov kiritmagan. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilda Rosiyadan pul oʻtkazmalari hajmi 4,1 milliarda dollarga teng boʻlgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala