Rossiyalik o‘quvchi do‘sti uchun protez ixtiro qildi – video

Obuna bo‘lish
“Do‘st kulfatda bilinadi”, degan maqol barchamizga ma’lum . Biz hikoya qilmoqchi bo‘lgan voqeaga bu juda mos keladi.

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida istiqomat qiluvchi Yegor Tarasenko do‘sti uchun nodir protez yaratdi.

Ivan Luchanin bolalik davrida baxtsiz hodisa tufayli ko‘rsatgich barmog‘i suyagidan ayrilib qolgan.

Yegor Tarasenko qadrdon do‘stiga yordam berishga qaror qilib, u uchun nodir barmoq protezini ixtiro qiladi. Do‘sti ixtiro qilgan protez Ivanning hayotini ancha yengillashtirdi. Endilikda Yegor Ivan uchun protez modelini takomillashtirish ustida ish olib bormoqda. Agar shunday protez yaratilsa, imkoniyati cheklangan kishilar uchun uzoq kutilgan ixtiro bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida “Ming so‘ming bo‘lguncha, bitta do‘sting bo‘lsin”, degan maqolni keltirishni joiz deb bildik.  

Yangiliklar lentasi
0