Dunyoda

Shri-Lankada yuzni yopib turuvchi kiyim kiyish taqiqlandi

© AFP 2018 / MUSTAFA OZERMusulmanka, arxivnoye foto
Musulmanka, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Qaror prezident tomonidan xavfsizlikni taʼminlash va mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida qabul qilingan.

TOSHKENT, 29 apr – Sputnik. Shri-Lankada yuzni yopib turuvchi kiyim kiyish taqiqlandi. Bu haqda News 1st xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Shri-Lanka prezidenti Maytripala Sirisena yakshanba kuni, 28 aprelda tegishli farmonni imzolagan. Farmonga koʻra, yuzni yopib turuvchi kiyimlarni kiyish taqiqlanadi.

Portal maʼlumotlariga qaraganda, ushbu farmon 29 aprel kuni qonuniy kuchga kiradi. Qaror davlat rahbari tomonidan xavfsizlikni taʼminlash va mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida qabul qilingan. Endilikda fuqarolarga shaxsini aniqlashga toʻsqinlik qiluvchi kiyim-kechakdan foydalanish taqiqlanadi.

Shri-lankiyskiye voyennыe vozle mesta vzrыva v Kolombo, Shri-Lanka - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“ISHID” bayrogʻi, xudkush-terrorchilar va portlashlar: Shri-Lankada navbatdagi hujum

Eslatib oʻtamiz avvalroq Shri-Lankaning sharqiy qismida uy portlagani va voqea joyida 15 nafar inson, shulardan 6 ta bolaning jasadi topilgani haqida xabar qilgan edik.

Hujum ostida qolgan Shri-Lanka

Joriy yilning 21 aprel kuni Shri-Lankada katoliklar Pasxa bayram marosimida 8 ta portlash sodir boʻldi. Birinchi oltita – Kolombo, Negombo, Battikaloa shaharlardagi cherkov va mehmonxonalarda, yettinchi orolning gʻarbida hamda sakkizinchi portlash Kolomboning aholi turar majmuada sodir boʻldi.

Boris Volxonskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Shri-Lankadagi teraktlar orqasida kim turibdi – ekspert fikri

Mahalliy OAVlarga qaraganda, teraktlarni hudkush-terrorchilar tomonidan sodir etdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 359 kishi halok boʻldi, 500 kishi jarohatlandi.

Dushanba kuni Kolomboda yuk mashinasida yana bir bomba aniqlandi.

Sapyorlar terakt sodir etilgan cherkov yonida topilgan bombani zararsizlantirish vaqtida yuk mashinasi portlab ketgan.

“Islom davlati” xalqaro terrorchilik uyushmasi Shri-Lankadagi portlashlar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala