Shri-Lankada yuzni yopib turuvchi kiyim kiyish taqiqlandi

© AFP 2023 / MUSTAFA OZERMusulmanka, arxivnoe foto
Musulmanka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaror prezident tomonidan xavfsizlikni ta’minlash va mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida qabul qilingan.

TOShKENT, 29 apr – Sputnik. Shri-Lankada yuzni yopib turuvchi kiyim kiyish taqiqlandi. Bu haqda News 1st xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Shri-Lanka prezidenti Maytripala Sirisena yakshanba kuni, 28-aprelda tegishli farmonni imzolagan. Farmonga ko‘ra, yuzni yopib turuvchi kiyimlarni kiyish taqiqlanadi.

Portal ma’lumotlariga qaraganda, ushbu farmon 29-aprel kuni qonuniy kuchga kiradi. Qaror davlat rahbari tomonidan xavfsizlikni ta’minlash va mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida qabul qilingan. Endilikda fuqarolarga shaxsini aniqlashga to‘sqinlik qiluvchi kiyim-kechakdan foydalanish taqiqlanadi.

Shri-lankiyskie voyennie vozle mesta vzriva v Kolombo, Shri-Lanka - Sputnik O‘zbekiston
“IShID” bayrog‘i, xudkush-terrorchilar va portlashlar: Shri-Lankada navbatdagi hujum

Eslatib o‘tamiz avvalroq Shri-Lankaning sharqiy qismida uy portlagani va voqea joyida 15 nafar inson, shulardan 6 ta bolaning jasadi topilgani haqida xabar qilgan edik.

Hujum ostida qolgan Shri-Lanka

Joriy yilning 21-aprel kuni Shri-Lankada katoliklar Pasxa bayram marosimida 8 ta portlash sodir bo‘ldi. Birinchi oltita – Kolombo, Negombo, Battikaloa shaharlardagi cherkov va mehmonxonalarda, yettinchi orolning g‘arbida hamda sakkizinchi portlash Kolomboning aholi turar majmuada sodir bo‘ldi.

Boris Volxonskiy - Sputnik O‘zbekiston
Shri-Lankadagi teraktlar orqasida kim turibdi – ekspert fikri

Mahalliy OAVlarga qaraganda, teraktlarni hudkush-terrorchilar tomonidan sodir etdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 359 kishi halok bo‘ldi, 500 kishi jarohatlandi.

Dushanba kuni Kolomboda yuk mashinasida yana bir bomba aniqlandi.

Saporlar terakt sodir etilgan cherkov yonida topilgan bombani zararsizlantirish vaqtida yuk mashinasi portlab ketgan.

“Islom davlati” xalqaro terrorchilik uyushmasi Shri-Lankadagi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0