Jamiyat

Toshkent yaqinida ichida maktab oʻquvchilari boʻlgan avtobus yonib ketdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishAvtomobil skoroy pomoщi
Avtomobil skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Maktab oʻquvchilarini olib ketayotgan avtobus yonib ketishi oqibatida qurbonlar boʻlmagan, 12 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

TOSHKENT, 29 apr – Sputnik. Bugun, 29 aprel tun soat 02:00 larda, Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumanida, ichida maktab oʻquvchilari boʻlgan avtobus beton toʻsiqqa urilib yonib ketdi, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Avtobus ichida boʻlgan barcha yoʻlovchilar zudlik bilan evakuatsiya qilingan. YTH oqibatida qurbonlar boʻlmagan, 7 nafar yoʻlovchi turli darajada tan jarohatlari bilan Oʻrtachirchiq tuman shifoxonasiga, 5 nafar yoʻlovchi  Respublikasi Tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan.

Xabarda aytilishiga koʻra, avtobusda jami 53 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Ularning aksariyati Toshkent viloyati Parkent tumani 31-umumiy oʻrta taʼlim maktabining  37 nafar oʻquvchilari boʻlgan. Shuningdek, 3 nafar oʻqituvchi, 10 nafar ota-onalar hamda 3 nafari xaydovchi boʻlishgan.

Dastlabki maʼlumotga koʻra,  davlat raqami 11 366 SVA boʻlgan “Mersedes” rusumli avtobus baloni yorilib ketishi natijasida, boshqaruvini yoʻqotib, beton toʻsiqqa borib urilgan va yonishni boshlagan. YTH sabablari oʻrganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala