Iqtisod

Valyuta kurslari: dollar oʻsishda davom etdi, yevro esa - tushishda

© RIA NovostiKurs valyut
Kurs valyut - Sputnik Oʻzbekiston
Yevro kursi ikki hafta davomida sezilarli darajada kamaymoqda.

TOSHKENT, 29 apr – Sputnik. Markaziy bank yangi hafta uchun valyuta kurslarini eʼlon qildi. Unga koʻra, dollar oʻsishda davom etmoqda, Yevro kursi esa yana pasaydi

30 apreldan boshlab 1 AQSH dollari kursi 8445 soʻm 49 tiyn miqdori da belgilandi. Bu oʻtgan haftaga nisbatan 4 soʻm, 13 tiyinga oʻsgan.  

1 Yevro kursi esa, 9415 soʻm 3 tiyin miqdorida belgilandi. Bu oʻtgan haftaga nisbatan 78 soʻm, 12 tiynga kamayish degani. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada ham yevro 61,42 soʻmga kamaygan edi. 

Rossiya rubli miqdori 1,51 soʻmga kamayib 130 soʻm, 27 tiyinni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Markaziy banki valyutalar kursini talab va taklif asosida belgilaydi, lekin valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi. Fuqarolar valyuta xarid qilish yoki sotish uchun tijorat banklariga murojaat qilishlari kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala