Iqtisod

Harbiy xarajatlari eng yirik mamlakatlar qaysi?

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishPuskovaya ustanovka "Topol"
Puskovaya ustanovka Topol - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan yili jahon harbiy xarajatlar 1,8 trillion dollarni tashkil etdi. Rossiya birinchi beshlikka kiritilmadi.

TOSHKENT, 29 apr – Sputnik. SIPRI (Tinchlik muammolari boʻyicha Stokgolm xalqaro tadqiqotlar instituti) harbiy xarajatlari eng yirik mamlakatlar reytingini eʼlon qildi.

2018 yili jahon harbiy xarajatlari 1,8 trillion dollarni tashkil etdi. Ushbu koʻrsatgich 2017 yilga qaraganda 2,6 foizga koʻproq.

Ekspozitsiya voyennoy texniki  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Dunyoning eng yirik qurol yetkazib beruvchi davlatlari maʼlum qilindi

Hisobotga koʻra, AQSH 2018 yilda harbiy maqsadlar uchun eng koʻp mablagʻ sarflagan mamlakatlar yetakchisiga aylandi. 2010 yildan buyon ilk marotaba AQSH xarajatlari 4,6 foizga oʻsib, 649 milliard dollarni tashkil etdi.

Harbiy byujeti eng yirik mamlakatlar birinchi beshligiga Xitoy, Saudiya Arabistoni, Hindiston va Frantsiya kiritilgan. Maʼlum boʻlishicha, jahondagi jami harbiy xarajatlarning 60 foizi aynan shu yetakchi beshlikka toʻgʻri keldi.

SIPRI maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilda Rossiyaning harbiy xarajatlari 61,4 milliardni tashkil etgan. Bu etgan yilga qaraganda 3,5 foizga kam. Shu tariqa Rossiya reytingning 6-pogʻonasidan oʻrin olgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala