Harbiy xarajatlari eng yirik mamlakatlar qaysi?

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPuskovaya ustanovka "Topol"
Puskovaya ustanovka Topol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yili jahon harbiy xarajatlar 1,8 trillion dollarni tashkil etdi. Rossiya birinchi beshlikka kiritilmadi.

TOShKENT, 29 apr – Sputnik. SIPRI (Tinchlik muammolari bo‘yicha Stokgolm xalqaro tadqiqotlar instituti) harbiy xarajatlari eng yirik mamlakatlar reytingini e’lon qildi.

2018 yili jahon harbiy xarajatlari 1,8 trillion dollarni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatgich 2017-yilga qaraganda 2,6 foizga ko‘proq.

Ekspozitsiya voyennoy texniki  - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoning eng yirik qurol yetkazib beruvchi davlatlari ma’lum qilindi

Hisobotga ko‘ra, AQSh 2018-yilda harbiy maqsadlar uchun eng ko‘p mablag‘ sarflagan mamlakatlar yetakchisiga aylandi. 2010-yildan buyon ilk marotaba AQSh xarajatlari 4,6 foizga o‘sib, 649 milliard dollarni tashkil etdi.

Harbiy bujeti eng yirik mamlakatlar birinchi beshligiga Xitoy, Saudiya Arabistoni, Hindiston va Fransiya kiritilgan. Ma’lum bo‘lishicha, jahondagi jami harbiy xarajatlarning 60 foizi aynan shu yetakchi beshlikka to‘g‘ri keldi.

SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda Rossiyaning harbiy xarajatlari 61,4 milliardni tashkil etgan. Bu etgan yilga qaraganda 3,5 foizga kam. Shu tariqa Rossiya reytingning 6-pog‘onasidan o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0