Qarzingni to‘lab qo‘yib, xotirjam yasha – sud ijrochilari qo‘shiq kuyladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishRabota FSSP
Rabota FSSP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud ijrochilar fikriga ko‘ra,  ushbu qo‘shiq qarzdorlarni vijdonini uyg‘otishga va o‘z qarzlarini to‘lashga undashi kerak.

TOShKENT, 29 apr – Sputnik. Rossiyaning Irkutsk viloyati sud ijrochilari xodimlari qarzlar undirishning noodatiy uslubidan foydalanishdi. Rossiyalik “MIBchilar” qarzdorlarga qo‘shiq bilan murojaat qilishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Bugun aksariyat odamlar muhim ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali bilib oladi. Ular orasida albatta video shaklidagi ma’lumot juda ommabop. Biz, shunday noodatiy yo‘l bilan – musiqali klip yordamida, qarzdorlarga murojaat qilib, ularni o‘z qarzdorlarni to‘lashga undashimiz mumkin deb qaror qildik. Shuningdek, qo‘shiqni eshitgan boshqa fuqarolar ham qarzlari bor yoki yo‘qligi bilan qiziqib ko‘rishlari ham mumkin”, -  deydi Irkuts Sud ijrochilari xizmati xodimi.

Sud ijrochilar fikriga ko‘ra,  ushbu qo‘shiq qarzdorlarni vijdonini uyg‘otishga va o‘z qarzlarini to‘lashga undashi kerak. Xususan, qo‘shiqda quyidagi so‘zlar bor:

Qarzlar oshib ketaveradi,
Kutib yurmay qarzlaringni to‘la.
Qarzingni to‘lab qo‘yib,
Xotirjam yasha.

Qo‘shiq ukrainalik  KAZKA guruhining "Plakala" qo‘shig‘iga kaver uslubida yaratilgan. Uni Sud ijrochilik xizmati psixiologi Anastasiya Rijova ijro etgan.  YouTube xostingida joylashtirilgan videoni tez orada bir necha ming kishi tomosha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0