Qisqa muddatli yomgʻir: 30 aprelda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti

Oʻzbekiston Gidrometeorologiya markazi 30 aprelda mamlakatda kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Gidrometeorologiya markazi 30 aprelda Oʻzbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 aprel kuni Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 22-24 daraja iliq boʻladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Samarqand va Jizzax viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechqurun va ertalab ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala