Jamiyat

Oʻtgan tunda YTHga uchragan maktab oʻquvchilarining ahvoli stabil – FVV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Avtobus YTHga uchrashi oqibatida 12 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonalarga joylashtirilgan edi. Hozir ulardan ikki nafariga uyiga javob berilgan.

TOSHKENT, 29 apr – Sputnik. Oʻtgan  tunda Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumanida YTHga uchragan avtobus yoʻlovchilarining ahvoli stabil deb xabar qildi FVV matbuot xizmati Sputnik muxbiriga.

“Ayni damda Oʻrtachirchiq tumanida shifoxonaga yotqizilgan yoʻlovchilardan ikki nafariga uyiga javob berildi. Qolganlarning ahvoli yaxshi. Respublika tez tibbiy yordam markazidagilarning ham ahvoli stabil. Hech kim ogʻir ahvolda emas”, - deb xabar qildi FVV matbuot kotibi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan tun soat 02:00 da, Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumani hududida maktab oʻquvchilarini olib ketayotgan avtobus YTHga uchrab yonib ketgan edi.

Avtomobil skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkent yaqinida ichida maktab oʻquvchilari boʻlgan avtobus yonib ketdi

Yoʻlovchilar oʻz vaqtida tezkorlik bilan evakuatsiya qilingani tufayli qurbonlar boʻlmagan. 7 nafar yoʻlovchi Oʻrtachirchiq tuman shifoxonasiga, 5 nafar yoʻlovchi  Respublikasi Tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan edi.

Avtobusda jami 53 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Ularning aksariyati Toshkent viloyati Parkent tumani 31-umumiy oʻrta taʼlim maktabining  37 nafar oʻquvchilari boʻlgan. Shuningdek, 3 nafar oʻqituvchi, 10 nafar ota-onalar hamda 3 nafari xaydovchi boʻlishgan.

Dastlabki maʼlumotga koʻra,   “Mersedes” rusumli avtobus baloni yorilib ketishi natijasida, boshqaruvini yoʻqotib, beton toʻsiqqa borib urilgan va yonishni boshlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala