Hodisalar

Toshkentda 3 transport ishtirokidagi YTHda skuter haydovchisi halok boʻldi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Skuter haydovchisining oraliq masofani saqlamaganligi YTHning dastlabki sababi sifatida koʻrilmoqda.

TOSHKENT, 30 apr - Sputnik. 29 aprel kuni Toshkent shahridagi Ohangaron yoʻlida skuter, “Tiko” avtomobili va 44-yoʻnalishda harakatlanadigan avtobus ishtirokida YTH sodir boʻldi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, hodisa oqibatida skuterni boshqargan 34 yoshli fuqaro voqea joyida halok boʻlgan.

Znak avariynoy ostanovki - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Buxorodagi mudhish YTHda yosh ona va uning bir yoshga toʻlmagan qizalogʻi halok boʻldi

Guvohlarning va “Tiko” va avtobus haydovchilarining soʻzlariga koʻra, skuter svetaforning taqiqlovchi qizil chirogʻiga toʻxtagan “Tiko” mashinasi bilan toʻqnashgan va boshqaruvni yoʻqotib, oʻng tomonida harakatlanib kelayotgan avtobusga borib urilgan.

Skuter haydovchisining masofani saqlamaganligi YTHning dastlabki sababi sifatida koʻrilmoqda.

Hozirda hodisa tafsilotlari oʻrganilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumanida, ichida maktab oʻquvchilari boʻlgan avtobus beton toʻsiqqa urilib, yonib ketgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0