Lavrov: RF va Oʻzbekistonning Afgʻoniston boʻyicha pozitsiyalari juda oʻxshash

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishVizit glavы MID RF S. Lavrova v Uzbekistan
Vizit glavы MID RF S. Lavrova v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga uyushtirgan ishchi tashrifi davomida oʻzbekistonlik hamkasbi Abdulaziz Kamilov bilan uchrashdi

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralar davomida Sergey Lavrov oʻzbekistonlik hamkasbi bilan Afgʻonistondagi holatni barqarorlashtirish boʻyicha ikki davlatning keyingi qadamlarini belgilab oldi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Vizit glavы MID RF S. Lavrova v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Lavrov Toshkentda: Rossiya TIV rahbari oʻzbekona mehmondoʻstlik uchun rahmat aytdi

Vazir soʻzlariga koʻra, tomonlar Markaziy Osiyoda kechayotgan jarayonlarni, shu jumladan, "Afgʻoniston hududidan kelayotgan terroristik va narkotahdidlarni bartaraf etish" masalasini muhokama qilgan.

"Bu borada pozitsiyalarimiz juda oʻxshash, ikkiyoqlama hamda mavjud koʻptomonlama mexanizmlar boʻyicha Afgʻonistondagi vaziyatni bu mamlakatni stabil holatga keltirish va Afgʻoniston hududidan Markaziy Osiyodagi qoʻshnilarimiz hamda boshqa mamlakatlarga boshqa hech qanday tahdidlar boʻlmasligi uchun kelgusida amalga oshiradigan ishlar rejasini belgilab oldik", - dedi Lavrov.

Shuningdek, RF TIV rahbari jurnalistlarga, respublikada RF ishtirokida qurilishi kutilayotgan atom elektrstantsiyasi barpo etiladigan maydon allaqachon aniqlab olingani, tez orada ushbu loyihani hayotga tatbiq etish boʻyicha mutaxassislar maslahatlashuvi oʻtkazilishini maʼlum qildi.

Sergey Lavrov Toshkentga ishchi tashrif bilan 2 may kuni keldi. Tashrif dasturidan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv ham oʻrin olgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala