Siyosat

Strategik loyihalar va Afgʻonistondagi tinchlik: Mirziyoyev va Lavrov nimalarni muhokama qildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishVizit glavы MID RF S. Lavrova v Uzbekistan
Vizit glavы MID RF S. Lavrova v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda samarali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi mintaqaviy hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-majlisida qatnashish doirasida mamlakatda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

Vizit glavы MID RF S. Lavrova v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Lavrov: RF va Oʻzbekistonning Afgʻoniston boʻyicha pozitsiyalari juda oʻxshash

Oʻzbekiston rahbari Lavrovni samimiy qutlar ekan, Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuqori surʼat bilan rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oʻz navbatida, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, prezident Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Tomonlarning siyosiy irodasi va oliy darajadagi faol muloqot oʻzaro hamkorlikni kengaytirish, uni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda samarali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, jumladan, BMT, SHHT, MDH va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari va Afgʻonistonda tinchlik jarayonini ilgari surish masalalari ham muhokama qilindi.

Vizit glavы MID RF S. Lavrova v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Lavrov Toshkentda: Rossiya TIV rahbari oʻzbekona mehmondoʻstlik uchun rahmat aytdi

Sergey Lavrov Rossiya Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi vaziyatni tez fursatda barqarorlashtirishga koʻmaklashish, ushbu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikka jalb etish borasidagi faol saʼy-harakatlariga yuksak baho berishi va ularni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuv yakunida ikki davlat xalqlarining farovonligi, mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot yoʻlida doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishga qatʼiy intilishlari alohida taʼkidlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala