Jamiyat

Toshkent shahar IIBBda yangi tayinlov amalga oshirildi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoye kreslo
Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Zafar Alimov Toshkent shahar IIBB boshligʻining oʻrinbosari — Tergov boshqarmasining boshligʻi lavozimiga tayinlandi

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Toshkent shahar IIBB boshligʻining oʻrinbosari — Tergov boshqarmasining boshligʻi lavozimiga Zafar Alimov tayinlandi, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati.

Brifing v GUVD Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Doniyor Toshxoʻjayev: IIB 459 nafar bedarak yoʻqolganlarni yashash joylariga qaytardi

Zafar Alimov (1976 yilda tugʻilgan) 1998 yilda Oʻzbekiston IIV akademiyasini tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini Qibray tuman IIBning turgov boʻlimida tergovchi sifatida boshlagan. V 2001—2010 yillarda Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasida katta tergovchi sifatida ishlagan.

2010−2013 yillarda boshliq oʻrinbosari, keyinroq Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasining boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

2013 yildan 2015 yilga qadar Yakkasaroy tuman IIBda boshliq oʻrinbosari — Tergov boʻlimi boshligʻi laovizimida ishlagan.

Hozirgi tayinlovga qadar, 2015 yildan 2019 yilning aprel oyigacha Fargʻona viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari — Tergov boshqarmasining boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Sal oldinroq, 30 yanvarga qadar IIBB boshligʻining oʻrinbosari — Tergov boshqarmasining boshligʻi sifatida Doniyor Toshxoʻjayev ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala