Toshkentda Georgiy tasmalari tarqatiladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishUchastniki startovavshey Vserossiyskoy yejegodnoy aktsii "Georgiyevskaya lentochka"
Uchastniki startovavshey Vserossiyskoy yejegodnoy aktsii Georgiyevskaya lentochka - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston 9 may bayramiga tayyorgarlik koʻrmoqda.

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Oʻzbekistonda 9 may bayrami munosabati bilan georgiy tasmalari tarqatiladi, deb xabar qildi Toshkentdagi Rossiya Federatsiyasi elchixonasi.

Adolf Gitler - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Gitlerning ulkan rejasini barbod qilgan 101 oʻzbek haqida yangi tafsilotlar

"Georgiy tasmalari 1-3 may va 6-7 may kunlari soat 17.00dan 20.00ga qadar elchixona konsullik boʻlimining maʼlumotlar darchasida tarqatiladi", - deb xabar qildi elchixona vakili.

Oʻtgan hafta Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi binosi oldida "Xotira abadiy, hurmat muqaddas" shiori ostida "Sharaf tasmasi"ni tarqatish aktsiyasi start olgan edi.

Ushbu aktsiya Xotira va qadrlash kuni bayrami oldidan oʻtkazildi. Tasma - hurmat va xotira ramzidir. Oʻzbekiston Ulugʻ Vatan urushi va Ikkinchi jahon urushi yillarida Vatan uchun jon fido qilgan insonlar bilan faxrlanadi.

Sharaf tasmasi Oʻzbekiston bayrogʻi rangiga ega - yashil, oq va moviy, bu esa yoshlarni vatanparvarlik tuygʻusini unutmaslikka chaqiradi.

Veteranы voynы tantsuyut na prazdnike 9 maya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 7,5 mln soʻm pul mukofoti beriladi

Toʻqqizinchi may esa - davlat uchun muqaddas ayyom.

Anʼanaga koʻra, Xotira va qadrlash kuni arafasida Oʻzbekiston bayrogʻi rangidagi tasmalar tarqatiladi. Koʻpchilik ularni bayramga yaqin Rossiya elchixonasida tarqatiladigan georgiy tasmalari bilan birgalikda taqib yuradilar.

Bayramdan bir necha kun oldin, Oʻzbekiston shaharlarida xotira va vatanparvarlik tadbirlari oʻtkaziladi: urush yillaridagi qoʻshiqlar jaranglaydi, harbiy texnika paradlari oʻtkaziladi va harbiy musifachilar chiqish qiladilar. Shu bilan bir qatorda jamoatchilik tashkilotlari va oddiy fuqarolar urush veteranlari holidan xabar oladilar, zarurat boʻlganida yordam beradilar, veteranlarni maktablarda oʻtadigan bayramlarga taklif etadilar va urush qatnashchilari bunday tadbirlarda yoshlar bilan muloqotla boʻlishadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala