O‘zbekiston SSV psixiatrik shifoxonada yuz bergan holat yuzasidan xizmat tekshiruvini boshladi

© Sputnik / Aleksandr KrajevVrach vixodit iz operatsionnoy
Vrach vixodit iz operatsionnoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlik xabariga ko‘ra, bemorning ruhiy holatidagi o‘zgarishlar tufayli unga atrofdagilar dushmandek ko‘ringan, shu sababli u atrofdagilardan shubhalangan va bezovta bo‘lgan. 

TOShKENT, 2-may - Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentdagi ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida ro‘y bergan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlanini ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ilgariroq, ijtimoiy tarmoqlarda turmush o‘rtog‘i Toshkent shahar klinik psixiatrik shifoxonasida davolanayotgan ayolning murojaati e’lon qilingan edi. Ayol o‘z murojaatida kasalxonadagi shifokorlar bemorlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘layotganliklarini ma’lum qilgan.

Patsiyenti psixiatricheskoy bolnisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik ayol Toshkent ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorlar kaltaklanayotganini aytdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro I. A. Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasiga joriy yilning 16-aprel kuni sog‘lig‘i yuzasidan maxsus psixiatriya tez yordami mashinasi orqali olib kelingan va o‘sha kuni shifoxonaga joylashtirilgan.

"Bemorning ruhiy holatidagi o‘zgarishlar tufayli unga atrofdagilar dushmandek ko‘ringan, shu sababli u atrofdagilardan shubhalangan va bezovta bo‘lgan. Ruhiy holatiga ko‘ra, bemorga tegishli muolajalar qilinishi boshlangan, shu qatorda tinchlantiruvchi psixotrop dori vositalari qo‘llanilgan. Qayd etish lozimki, ayrim dori vositalari organizmni bo‘shashtiradi, tinchlantiradi va uyquchanlik chaqiradi.

Joriy yil 22-aprelda ro‘y bergan videotasvirdagi jarayon yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huquq-tartibot organlari bilan birgalikda tezkor ravishda xizmat tekshiruvini boshladi", - deyiladi rasmiy axborotda.

Vazirlik shuningdek, shifoxonada qonuniylik va tartibni saqlash maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali tunu-kun videoyozuv olib borilishi, agarda xodimlar tomonidan bemorlarga nisbatan asossiz kuch ishlatish, nafsoniyatga tegish, qo‘pol munosabatda bo‘lish holatlari aniqlansa, tabiiyki, tegishli qonuniy choralar ko‘rilishini eslatib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0