Jamiyat

Oʻzbekistonlik ayol Toshkent ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorlar kaltaklanayotganini aytdi

Toshkent psixiatrik shifoxonasining tibbiyot xodimlari bemorni urib, tan jarohati yetkazishgan. Ushbu holat yuzasidan Toshkent IIBB rasmiy xabar eʼlon qildi.

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Oʻzbekiston poytaxtidagi huquq-tartibot organlari xodimlari Toshkent ruhiy xastaliklar shifoxonasida davolanuvchi bemorning kaltaklanganligi holati yuzasidan tergov oldi tekshiruv ishlarini boshlab yubordilar.

Pojarnыy zakreplyayet rukav shlanga - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qashqadaryoda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida yongʻin sodir boʻldi

Ilgariroq, ijtimoiy tarmoqlarda turmush oʻrtogʻi Toshkent shahar klinik psixiatrik shifoxonasida davolanayotgan ayolning murojaati eʼlon qilingan edi. Ayol kasalxonadagi shifokorlar bemorlar bilan shafqatsiz munosabatda boʻlayotganliklarini maʼlum qilgan. Bu murojaatni IIBB izohladi.

"Ilgariroq, 25 aprel kuni, yuqorida nomi qayd etilgan bemorning qarindoshi tomonidan murojaat kelib tushgan. Bemor soʻzlariga koʻra, tibbiyot xodimi unga tan jarohatlarini yetkazgan", - deyiladi idora xabarida.

Ushbu murojaat boʻyicha tergov oldi harakatlari olib borilmoqda, ular natijasiga koʻra, qonunda nazarda tutilgan choralar qabul qilinadi. Ushbu murojaat Toshkent prokuraturasi nazoratiga olingan, deb taʼkidladi IIBB vakili.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala