Navoiy viloyati AQShning Nebraska shtati bilan birodarlashdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAmerikanskiy flag. Vashington
Amerikanskiy flag. Vashington - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh va O‘zbekiston xalqaro munosabatlar, iqtisod va jurnalistika, biznes boshqaruvi, bank ishi va marketing ta’limi sohalarida ikki diplom tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda

TOShKENT, 3-may - Sputnik. O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vaxabov mamlakatning qishloq xo‘jaligi sohasida yetakchi regioni bo‘lgan Nebraska shtatiga ishchi safarni amalga oshirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Sbor urojaya xlopka  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh O‘zbekiston paxtasini “qora ro‘yxat”dan chiqardi

Nebraska gubernatori Pit Riketts bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida Navoiy viloyati va Nebraska shtati o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Shuningdek, tomonlar Riketts boshchiligida shtat savdo missiyasining O‘zbekistonga safarini tashkil etish masalasini ham muhokama etganlar.

Shuningdek, ishchi safar davomida Omaxadagi Nebraska universiteti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra almashinuv dasturlari, hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro munosabatlar, iqtisod va jurnalistika, biznes boshqaruvi, bank ishi va marketing sohalarida ikki diplom tizimini joriy etish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0