Nig‘matilla Yo‘ldoshev mehnat va bandlik vazirligi ishini tanqid qildi

© Sovet Federatsii Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy FederatsiiPredsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilla Yuldashev
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilla Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senat raisini poytaxt bilan tutash bo‘lgan hududda 16 mingga yaqin ish o‘rnining bo‘sh turgani qattiq taajjubga soldi

TOShKENT, 3-may - Sputnik. 3 may O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev Mehnat va bandlik vazirligi faoliyatini tanqid ostiga oldi.

Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Senat raisi O‘zbekiston bozorlaridagi antisanitariya holatlari haqida ochiq gapirdi

Yo‘ldoshev Toshkent viloyatida qariyb 15 800ta ish o‘rni bo‘sh turganiga e’tibor qaratdi.

"Toshkent viloyatiga ham xos bo‘lgan yana bir muammo aholi bandligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liqdir. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan bu boradagi muammolarni kompleks hal etish bo‘yicha ta’sirchan choralar yetarli darajada ko‘rilmayotgani oqibatida viloyatda qariyb 15.800 ta ish o‘rni bo‘sh turibdi. Poytaxt bilan tutash bo‘lgan hududda shuncha ish o‘rnining bo‘sh turganini mutasaddilar qanday izohlaydi?", - dedi Yo‘ldoshev.

Eslatib o‘tamiz, yalpi majlis kun tartibiga 20 dan ziyod masala kiritilgan. Senatorlar 8 qonun va boshqa masalalarni ko‘rib chiqishi kutilmoqda. Shuningdek, bu gal Toshkent viloyati hokimining hisoboti eshitiladi.

Yangiliklar lentasi
0