Toshkentda 9-mayga bag‘ishlab retro-avtomobillar marafoni o‘tkaziladi

© SputnikAvtomobil STANDART na vistavke retro avtomobiley v Tashkente
Avtomobil STANDART  na vistavke retro avtomobiley v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Retro.uz klubi bilan tashkil etilayotgan marafon sabab, 5-may kuni 11.00dan 13.00ga qadar Toshkentning ayrim ko‘chalarida avtotranport vositalari uchun harakat cheklanishi mumkin.

TOShKENT, 3-may - Sputnik. Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan 5-may yakshanba kuni Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab 25 kilometrlik retro avtomobillar va motosikllar marafoni o‘tkaziladi, deb xabar qildi vazirlik matbuot-xizmati.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan retro-avtomobillar ko‘rgazmasi, Chayka avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda retro-avtomobillar ko‘rgazmasi ochildi

Avtomarafon - 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil qilinmoqda.

Retro.uz klubi bilan tashkil etilayotgan marafon sabab, 5-may kuni 11.00dan 13.00ga qadar Toshkentning ayrim ko‘chalarida avtotranport vositalari uchun harakat cheklanishi mumkin.

Avtomarafon soat 11.00da Qurolli kuchlar akademiyasining birinchi nazorat o‘tish joyi (sobiq Pushkin maydonidan) boshlanib, Kichik Xalqa yo‘li orqali Bunyodkor va undan keyin Alisher Navoiy shox ko‘chalari bo‘ylab amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0