Toshkentda eng yaxshi jurnalistlarga "Oltin qalam" topshirildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaLuchshie jurnalisti Uzbekistana poluchili "Zolotoe pero"
Luchshie jurnalisti Uzbekistana poluchili Zolotoe pero - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, "Oltin qalam" XIV Milliy mukofoti: Bosh milliy mukofot ikkita jamoaga berildi: "Xalqaro Press Klub" va "O‘zbekiston 24" telekanali jamoalari yuksak mukofotga sazovor bo‘lishdi

TOShKENT, 3-may - Sputnik. Toshkent shahridagi "Turkiston" saroyida jurnalistika sohasidagi oliy mukofot – "Oltin qalam" XIV Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet-jurnalistika) nominatsiyasida 1-o‘rin xabar.uz sayti sharhlovchisi Barno Sultonova taqdirlandi. 

Ijtimoiy-ma’naviy mavzulardagi materiallari uchun: Eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet-jurnalistikasi) 2-o‘ringa kar24.uz internet nashri muxbiri Kumar Begniyazova munosib ko‘rildi.

Dolzarb mavzudagi tanqidiy-tahliliy materiallari uchun: eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet-jurnalistikasi) - 3-o‘ringa O‘zA yetakchi muharriri Sayyora Shoyeva mamlakat hayotining turli sohalaridagi islohotlarni tezkor va tahliliy yoritgan materiallari uchun loyiq topildi.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun nominatsiyasida matbuot yo‘nalishida 1-o‘rinni "Jahon adabiyoti" jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ulkan o‘zgarishlar va mavjud muammolar tahliliga bag‘ishlangan publitsistik maqolalari, zamonamiz qahramonlari obrazini yaratishdagi faol ishtiroki uchun qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, ushbu nominatsiyasida yana bir 1-o‘rin "Ishonch" va "Ishonch - doverie" gazetalari tahririyatiga O‘zbekiston kasaba uyushmalarining mamlakat hayotidagi o‘rni, tashkilotning aholi bilan muloqotlari, ularning muammolari yechimini topish, ishchi xodimlarining mehnat huquqlarini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini keng va tahliliy yoritilgan materiallari uchun munosib ko‘rildi.

Davrning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy masalalari, kitobxonlik madaniyati, mamlakat madaniy hayoti tahliliy yoritilgan materiallari uchun 2-o‘ringa "Kitob dunyosi" gazetasi tahririyati munosib ko‘rildi.

Ushbu nominatsiyada 3-o‘rin "Pravda vostoka" gazetasi muxbiri Moroz Yulianaga nasib etdi. 

Shuningdek, "Oltin qalam" XIV Milliy mukofoti: Bosh milliy mukofot ikkita jamoaga berildi: "Xalqaro Press Klub" va "O‘zbekiston 24" telekanali jamoalari yuksak mukofotga sazovor bo‘lishdi.

Yangiliklar lentasi
0