TOSHKENT, 4 may – Sputnik. Tailandda 1 may kuni qirol Max Vatchiralongkon (Rama X) va qirolning shaxsiy gvardiyasi qoʻmondoni oʻrinbosari 40 yoshli Suttixida Vatchiralongkon Na Ayuttxayya toʻy marosimi boʻlib oʻtdi.
Toʻydan reportajni Al-Jazeera telekanali tayyorladi.
Toʻy marosimida kelinning qirol Rama Xning oyogʻi yonida yotishi koʻpchilik internet foydalanuvchilarning diqqatini tortdi.
Qirolning rafiqasi qirol maxsus gvardiyasida xizmat qilgan. 2016 yil unga general unvoni berildi.
Ungacha u Thai Airways aviakompaniyasida styuardessa boʻlib ishlagan.
Anʼanaga muvofiq Bangkokda 4 may kuni qirol va uning rafiqasiga toj kiydirish marosimi oʻtkazildi.