Toshkentda haydovchini kaltaklagan shaxs besh oydan so‘ng qo‘lga olindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNochnoe avtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Nochnoe  avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda A.Qodiriy ko‘chasida haydovchini kaltalagan shaxs qo‘lga olindi.

TOShKENT, 4-may – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Toshkentdagi A.Qodiriy ko‘chasida bezorilik qilib haydovchini kaltalagan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar qildi.

Tamojenniki obnarujili mineralnie udobreniya - sulfat ammoniy - Sputnik O‘zbekiston
Sakkiz tonna mineral o‘g‘it manziliga yetib bormadi

Xabarda aytilishicha, 2018-yil 2-dekabr kuni vaqtincha Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida yashovchi B.T. o‘zining “Cobalt” rusumli avtomashinasini A.Qodiriy ko‘chasida haydab ketayotgan vaqtida, shu yerda harakatlanib borayotgan noma’lum shaxs boshqaruvidagi davlat raqamlari aniqlanmagan “Lacetti” rusumli avtomashinasi bilan yo‘l talashgan.

Natijada noma’lum shaxs avtomashinani to‘xtatib, bezorilik oqibatida B.T.ni yuziga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni M.Ulug‘bek tumani Qorako‘l ko‘chasida yashovchi R.T. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0