Jamiyat

Xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilarga ustama toʻlanadi

© Ofitsialnыy sayt Ministerstva vыsshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Respubliki UzbekistanStudentы Tashkentskogo gosudarstvennogo universiteta uzbekskogo yazыka i literaturы imeni Alishera Navoi vыigrali mejdunarodnuyu olimpiadu po russkomu yazыku
Studentы Tashkentskogo gosudarstvennogo universiteta uzbekskogo yazыka i literaturы imeni Alishera Navoi vыigrali mejdunarodnuyu olimpiadu po russkomu yazыku - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar va taʼlim muassasasi direktorlariga direktor jamgʻarmasidan oltin, kumush va bronza medallari boʻyicha tegishincha qoʻshimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama toʻlanadi.

TOSHKENT, 4 may – Sputnik. Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida prezident qarori qabul qilindi.

Uzbekskaya valyuta - sum  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻqituvchilarga maosh toʻlash tartibiga oid qaror loyihasi tayyorlandi

Qarorga muvofiq, Xalq taʼlimi vazirligi tuzilmasida Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etildi.

Iqtidorli oʻquvchi yoshlarni aniqlash, ular faoliyatini ilmiy va uslubiy jihatdan taʼminlash, maktab, litsey va kollej oʻquvchilari oʻrtasida mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish Departamentning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan gʻoliblari oliy taʼlim muassasalarga test sinovisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadigan xalqaro olimpiadalar roʻyxati tasdiqlandi.

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab olimpiadalarning respublika bosqichida 1-3-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va 3 yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat beriladi.

Endilikda:

xalqaro olimpiada gʻoliblari va ularning oʻqituvchilari eng kam oylik ish haqining quyidagi miqdorlarida:

- 1-oʻrin uchun – 500, oʻqituvchisiga –450 baravari;

- 2-oʻrin uchun – 300, oʻqituvchisiga –250 baravari;

- 3-oʻrin uchun – 200, oʻqituvchisiga –150 baravari;

asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari:

-1-oʻrin uchun – 50 baravari;

-2-oʻrin uchun – 35 baravari;

Oʻzbekistonliklar qancha maosh olishadi - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Oʻzbekistonliklar qancha maosh olishadi

-3-oʻrin uchun – 30 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar va taʼlim muassasasi direktorlariga direktor jamgʻarmasidan oltin, kumush va bronza medallari boʻyicha tegishincha qoʻshimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama toʻlanadi.

Shuningdek, taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiada gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari lavozim maoshiga esa har oy 100 foizlik ustama haqi toʻlanadi.

Oliy taʼlim muassasasini tamomlagan olimpiada gʻoliblari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli mutaxassislar zaxirasiga kiritiladi.

Yangiliklar lentasi
0