Nyu-Yorkda “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazildi

Obuna bo‘lish
Nyu-Yorkda “O‘lmas polk” aksiyasida 2 mingga yaqin kishi ishtirok etdi.

TOShKENT, 5-may  — Sputnik. Nyu-Yorkda beshinchi marta “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiya Bessmertniy polk v Tashkente na territorii kompleksa Bratskie mogili - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent IIBB "O‘lmas polk" marshi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini tushuntirdi

Aksiyada 2 mingga yaqin kishi ishtirok etdi.

9 may - G‘alaba kuni esa Nyu-York osmonidan 33-metrli Georgiy tasmasi olib o‘tiladi.

Nyu-Yorkda o‘tkazilgan tadbirda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya ham ishtirok etdi. U otasining portretini ko‘tarib o‘tdi.

"O‘lmas polk" - "Bessmertniy polk" — Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari xotirasini saqlab qolish maqsadida o‘tkaziladigan xalqaro fuqarolik-vatanparvarlik harakatidir.

Aksiya Rossiya va boshqa davlatlarda o‘tkaziladi.

Yurish ishtirokchilari har yili G‘alaba kunida o‘z qarindoshlarining suratlarini ko‘targan holda kolonna bo‘lib ko‘chalardan o‘tadilar.

Yangiliklar lentasi
0