Iqtisod

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodiga 2022 yilgacha 875 mln dollar investitsiyalar jalb etiladi

Mazkur korxona oʻz vaqtida Fargʻona vodiysidagi neft konlarini oʻzlashtirish va mintaqa davlatlariga neft mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida bunyod etilgan.

TOSHKENT, 6 may - Sputnik. Oʻzbekiston grezidenti Shavkat Mirziyoyev Fargʻona neftni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Samolyot - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Fargʻonaga joʻnab ketdi

Xabarda qayd etilishicha, mazkur korxona oʻz vaqtida Fargʻona vodiysidagi neft konlarini oʻzlashtirish va mintaqa davlatlariga neft mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida bunyod etilgan. U hozirgi kunda ham uglevodorod xomashyosini qayta ishlash boʻyicha mamlakatidagi eng yirik majmualardan biridir.  475 gektar maydon, 52 ta texnologik obʼyekt uning ulkan salohiyatidan dalolat beradi. Bu yerda 70 mingdan ortiq kishi ishlaydi.

Lekin texnika va texnologiyalar eskirgani, ishlab chiqarish asosan importga bogʻliq boʻlgani sababli korxona keyingi oʻn yilda norentabel boʻlib qolgan edi. Yillik loyiha quvvati 6 million 450 ming tonna boʻlgani holda ishlab chiqarish bor-yoʻgʻi 30 foizga tushib qolgandi.

Mazkur modernizatsiya jarayoni Indoneziyaning RT Trans Asia Resources xorijiy kompaniyasi bilan hamkorlikda uch bosqichda amalga oshiriladi. Kompaniyaning sohada katta tajribasi, jahon bozorida oʻz oʻrni bor. Bu zavodni xomashyo bilan barqaror taʼminlash, uni jahon standartlari asosida qayta ishlab, ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berishga xizmat qiladi. Kelgusida yetakchi xalqaro kompaniyalardan iborat boʻlgan konsortsium tashkil etish rejalashtirilgan.

Kelishuvga asosan, zavodga joriy yilning oʻzida kamida 300 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etiladi. Bu mablagʻ evaziga ikki oy davomida hozirda ishlamay turgan 11 qurilmaning 7 tasidan foydalanish tiklanadi. Buning natijasida 7 ming 100 ta ish joylari saqlab qolinadi, 450 kishi oʻz ish oʻrinlariga qaytadi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Ferganskiy neftepererabatыvayuщiy zavod
Shavkat Mirziyoyev posetil Ferganskiy neftepererabatыvayuщiy zavod - Sputnik Oʻzbekiston
1/4
Shavkat Mirziyoyev posetil Ferganskiy neftepererabatыvayuщiy zavod
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Ferganskiy neftepererabatыvayuщiy zavod
Shavkat Mirziyoyev posetil Ferganskiy neftepererabatыvayuщiy zavod - Sputnik Oʻzbekiston
2/4

3/4

4/4

Shuningdek, zavod ikki barobar koʻproq xomashyo bilan taʼminlanadi. 2020 yildan boshlab “Yevro-4”, “Yevro-5” kabi yuqori sifatli dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarishga erishiladi. Mahsulotlar tannarxi tushib, sifati oshirilishi natijasida viloyatning eksport salohiyati yanada kengayadi. 

“Umuman, loyiha doirasida 2022 yilgacha kamida 875 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb etiladi. Bu 60 yildan beri ishlab kelayotgan Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi va 110 yillik tarixga ega Oltiariq neftni qayta ishlash korxonasini zamonaviy majmualarga aylantirish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi”, - deyiladi xabarda.

Prezident zavod ishchilari va investorlar bilan suhbatlashdi. 

“Bu ishlardan asosiy maqsad korxonani toʻliq quvvat bilan ishlatish, odamlarni ish bilan taʼminlash. Bu Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining yangi davri boʻladi”, - dedi Mirziyoyev.

Xabarda zavodga xomashyo olib kelish, ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha qoʻshimcha topshiriqlar berilgani qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala