Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodiga 2022-yilgacha 875 mln dollar investitsiyalar jalb etiladi

Obuna bo‘lish
Mazkur korxona o‘z vaqtida Farg‘ona vodiysidagi neft konlarini o‘zlashtirish va mintaqa davlatlariga neft mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida bunyod etilgan.

TOShKENT, 6-may - Sputnik. O‘zbekiston grezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Samolyot - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga jo‘nab ketdi

Xabarda qayd etilishicha, mazkur korxona o‘z vaqtida Farg‘ona vodiysidagi neft konlarini o‘zlashtirish va mintaqa davlatlariga neft mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida bunyod etilgan. U hozirgi kunda ham uglevodorod xomashosini qayta ishlash bo‘yicha mamlakatidagi eng yirik majmualardan biridir.  475 gektar maydon, 52 ta texnologik obyekt uning ulkan salohiyatidan dalolat beradi. Bu yerda 70 mingdan ortiq kishi ishlaydi.

Lekin texnika va texnologiyalar eskirgani, ishlab chiqarish asosan importga bog‘liq bo‘lgani sababli korxona keyingi o‘n yilda norentabel bo‘lib qolgan edi. Yillik loyiha quvvati 6 million 450 ming tonna bo‘lgani holda ishlab chiqarish bor-yo‘g‘i 30 foizga tushib qolgandi.

Mazkur modernizatsiya jarayoni Indoneziyaning RT Trans Asia Resources xorijiy kompaniyasi bilan hamkorlikda uch bosqichda amalga oshiriladi. Kompaniyaning sohada katta tajribasi, jahon bozorida o‘z o‘rni bor. Bu zavodni xomashyo bilan barqaror ta’minlash, uni jahon standartlari asosida qayta ishlab, ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berishga xizmat qiladi. Kelgusida yetakchi xalqaro kompaniyalardan iborat bo‘lgan konsorsium tashkil etish rejalashtirilgan.

Kelishuvga asosan, zavodga joriy yilning o‘zida kamida 300 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etiladi. Bu mablag‘ evaziga ikki oy davomida hozirda ishlamay turgan 11 qurilmaning 7 tasidan foydalanish tiklanadi. Buning natijasida 7 ming 100 ta ish joylari saqlab qolinadi, 450 kishi o‘z ish o‘rinlariga qaytadi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Ferganskiy neftepererabativayushiy zavod
Shavkat Mirziyoyev posetil Ferganskiy neftepererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
1/4
Shavkat Mirziyoyev posetil Ferganskiy neftepererabativayushiy zavod
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Ferganskiy neftepererabativayushiy zavod
Shavkat Mirziyoyev posetil Ferganskiy neftepererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
2/4

3/4

4/4

Shuningdek, zavod ikki barobar ko‘proq xomashyo bilan ta’minlanadi. 2020-yildan boshlab “Yevro-4”, “Yevro-5” kabi yuqori sifatli dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishga erishiladi. Mahsulotlar tannarxi tushib, sifati oshirilishi natijasida viloyatning eksport salohiyati yanada kengayadi. 

“Umuman, loyiha doirasida 2022-yilgacha kamida 875 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etiladi. Bu 60-yildan beri ishlab kelayotgan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi va 110-yillik tarixga ega Oltiariq neftni qayta ishlash korxonasini zamonaviy majmualarga aylantirish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi”, - deyiladi xabarda.

Prezident zavod ishchilari va investorlar bilan suhbatlashdi. 

“Bu ishlardan asosiy maqsad korxonani to‘liq quvvat bilan ishlatish, odamlarni ish bilan ta’minlash. Bu Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining yangi davri bo‘ladi”, - dedi Mirziyoyev.

Xabarda zavodga xomashyo olib kelish, ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berilgani qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0