Maduro Rossiyaga tashrif buyurishi mumkin

© Administratsiya prezidenta Venesueli / Mediabankka o‘tishNikolas Maduro
Nikolas Maduro  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Peterburg xalqaro iqtisodiy forum 2019-yil 6-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili forumga 143 mamlakatdan 17 ming kishi tashrif buyurgan edi.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Peterburg xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etish uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa so‘zlariga asoslanib xabar qilmoqda.

Aksiya v podderjku prezidenta Venesueli N. Maduro - Sputnik O‘zbekiston
Maduro harbiylarni AQSh hujumiga tayyor turishga chaqirdi

“Albatta, Venesuela Sankt-Peterburgdagi iqtisodiy forumda ishtirok etadi. Biz hozircha delegatsiyaning aniq tarkibini bilmaymiz. Umid qilamizki, prezident (Maduro – tahr.) forumga tashrif buyuradi. U  Peterburgga tashrif buyurib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish istagida”, - deya ma’lum qildi vazir Venesuelaning Moskvadagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Peterburg xalqaro iqtisodiy forum 2019-yil 6-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili forumga 143 mamlakatdan 17 ming kishi tashrif buyurgan edi.

Yangiliklar lentasi
0