Mirziyoyev Farg‘onadagi rentgen ishlab chiqariladigan korxonani borib ko‘rdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie "Listem-Fergana" v gorode Fergane
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie Listem-Fergana v gorode Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur qo‘shma korxonada rentgen asbob-uskunalari ishlab chiqariladi. Bu nafaqat mamlakat, balki mintaqada yuqori texnologiyali tibbiy texnika tayyorlaydigan yagona zavod hisoblanadi.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi “Listem-Fergana” qo‘shma korxonasini borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie Listem-Fergana v gorode Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘qonda Hyundai bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqariladi

Xabarda qayd etilishicha, korxona loyihasining umumiy qiymati 8 million dollar bo‘lib, yiliga ikki turdagi 300 dona renten apparati ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Birinchi bosqich doirasida 35 kishi ish bilan ta’minlangan. Yil yakuniga qadar yana yuzga yaqin ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lum qilinishicha, “Listem-Fergana”ning rentgen uskunalariga hozirdanoq talab yuqori. Bu yerda ishlab chiqarilgan dastlabki “Smart DR” raqamli rentgen apparati chet ellardagi muqobillaridan uch barobar arzon. Masalan, uning narxi 50 ming dollarni tashkil etadi. “Philips” kompaniyasining shu kabi texnikasi 144 ming dollar, “Siemens» kompaniyasiniki esa 168 ming dollar atrofida baholanadi. 

Shavkat Mirziyoyev posetil Ferganskiy neftepererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodiga 2022-yilgacha 875 mln dollar investitsiyalar jalb etiladi

“Smart DR” rentgen apparatida soatiga 15 mijozni tekshiruvdan o‘tkazish mumkin. Olingan tasvirlar kompyuter xotirasida 5-yilgacha saqlanadi. Bu kasalliklar dinamikasini kuzatishda muhim ahamiyatga ega. Tasvirni internet orqali yuborish ham mumkin. Bu boshqa shifokorlar bilan masofadan turib maslahatlashish imkonini beradi.

Davlat rahbari aholi salomatligini mustahkamlashda to‘g‘ri tashxis qo‘yish muhimligi, tibbiy jihozlarni mamlakatda ishlab chiqarish ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan yaxshi natija berishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev endi korxonada mahalliylashtirish darajasini oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, xodimlar malakasini yuksaltirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0