Habib Nurmagomedovning keyingi jangi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

© REUTERS / Stephen R. SylvanieBoy mejdu Xabibom Nurmagomedovim i Konorom MakGregorom
Boy mejdu Xabibom Nurmagomedovim i Konorom MakGregorom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nurmagomedov Zubayra Tuxugov va Abubakar ringa qaytadigan bo‘lsa, sentabr oyida jang o‘tkazishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 6-may – Sputnik. UFC chempioni Habib Nurmagomedovning agenti Ali Abdel-Aziz jangchining shu yilgi rejalari haqida so‘zlab berdi, deb xabar qildi ESPN

Amerikanskiy boyes smeshannogo stilya Reymond Deniels - Sputnik O‘zbekiston
Yil nokauti: MMA kurashchisi jangni chiroyli uslubdagi zarba bilan yakunladi - video

“U menga alohida topshiriq berdi. U menga 7-sentabrda jang o‘tkazishni xohlashini aytdi, keyin dekabrda. Agar Djord Sent-Pyer UFC bilan o‘z ishini hal qilsa - yana bir jang o‘tkazamiz”, - deb ta’kidladi Abdel-Aziz.   

Bundan avval Nurmagomedov agar Zubayra Tuxugov va Abubakar ringa qaytadigan bo‘lsa sentabr oyida jang o‘tkazishini aytgandi. Chunki ular Habib deb chetlashtirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 29-yanvar kuni AQShning Nevada shtatida Atletika komissiyasining UFC 229 jang oqshomida yuz bergan janjal yuzasidan sud eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, jang oqshomida janjal uyushtirgan Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatilib, unga 500 ming dollar miqdorida jarima to‘lash majburiyati yuklatilgan edi.

Shuningdek, Habibning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov va uning do‘sti Zubayra Tuxugov ham 1-yilga chetlatilib, ularga 25 ming dollardan jarima to‘lashlari belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0