Qo‘qonda Hyundai bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqariladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie "Listem-Fergana" v gorode Fergane
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie Listem-Fergana v gorode Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu boradagi loyiha Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona shahridagi Listem-Fergana qo‘shma korxonasiga tashrifi davomida taqdim etilgan.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Hyundai kompaniyasi bilan hamkorlikda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida elektromobillar ishlab chiqariladi.

Shavkat Mirziyoyev posetil Ferganskiy neftepererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodiga 2022-yilgacha 875 mln dollar investitsiyalar jalb etiladi

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu boradagi loyiha Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona shahridagi Listem-Fergana qo‘shma korxonasiga tashrifi davomida taqdim etilgan.

Ta’kidlanishicha, shu yerda Hyundai kompaniyasi bilan hamkorlikda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida elektromobillar ishlab chiqarish, Vodil ko‘mir konida ko‘mir qazib chiqarish, toshdan ekologik toza qog‘oz ishlab chiqarishga oid rejalar, “Farg‘onaazot” va “Qo‘qonsuperfosfat” aksiyadorlik jamiyatlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalar muhokama qilingan.

Shavkat Mirziyoyev loyihalarni ma’qullab, ularni amalga oshirishda sifat va muddatga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0