Dunyoda

AQShning pilotsiz samolyoti Qrim yaqinida razvedka oʻtkazdi

© U.S. Air Force / Bobbi ZapkaAmerikanskiy strategicheskiy razvedыvatelnыy BPLA RQ-4 Global Hawk
Amerikanskiy strategicheskiy razvedыvatelnыy BPLA RQ-4 Global Hawk - Sputnik Oʻzbekiston
AQShning strategik pilotsiz apparati Qrim qirgʻoqlari yaqinida paydo boʻldi.

TOSHKENT, 7 may – Sputnik. AQShning strategik pilotsiz RQ-4B-40 Global Hawk VVS qurilmasini Qrim qirgʻoqlari yaqinida koʻrishdi. Bu haqda RIA Novosti PlaneRadar asosan xabar qildi.

Portal maʼlumotlariga koʻra, 112048 raqamli pilotsiz qurilma Sitsiliya orolidagi Sigoyella aviabazadan uchib chiqqan.

Moskvaning vaqti bilan soat 13:00 da razvedka havo kemasi Donbassda paydo boʻldi. Keyinchalik Qora dengiz boʻylab parvoz qildi.

Oxirgi vaqtlarda xorijiy razvedka samolyotlari Rossiya chegaralari va harbiy obʼyektlar yaqinida tez paydo boʻlmoqda. Ular Boltiq dengizi, Qrim va Krasnodar viloyati, shuningdek, Suriyadagi Rossiya harbiy baza yaqinida uchmoqda.

Oʻtgan oyda AQShning Boeing RC-135V radio razvedka samolyoti Rossiya chegaralariga yaqinlashgandi. Samolyot Gretsiyadagi Suda-Bey aviabazasidan osmonga koʻtarilib, Qrim qirgʻoqlari yaqinida razvedka qildi.  

Rossiya Mudofaa vazirligi Vashingtonni bunday operatsiyalardan voz kechishga chaqirgandi, biroq Pentagon buni rad etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala