Ezgulik estafetasi: Ramazon oyida o‘zbek stomatologlari bepul davolashadi

CC0 / pixabay / Kabinet stomatologa
Kabinet stomatologa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Ramazon oyining birinchi kunidan to oxirigi kunicha barcha ehtiyojmand oilalar a’zolariga metallokeramik tishlar va tish protezlari mutlaqo tekinga qo‘yib beriladi", - dedi stomatolog Begzod Asadov.

TOShKENT, 7-may – Sputnik. Qirg‘izistonlik stomatolog estafeta boshlab berdi – u sovg‘a tariqasida Ramazon oyida bemorlarni bepul davolashga qaror qildi.

O‘zbekistonlik stomatologlar bu aksiyani davom ettirishga qaror qilishdi.

Video rolik muallifi so‘zlariga ko‘ra, Ramazon oyining birinchi kunidan to oxirigi kunicha barcha ehtiyojmand oilalar a’zolariga metallokeramik tishlar va tish protezlari mutlaqo tekinga qo‘yib beriladi.

Manzil: Yunusobod 13, 64 A uy, “Doktor Shavkat Islom klinikasi”, shifokor Asadov Begzod Xandiyorovich.

2019 yil 6-maydan muborak Ramazon oyi boshlandi.

Bu oyni dunyoning barcha mo‘’min-musulmonlari ham o‘zgacha shukuh, xursandchilik va tilovat bilan o‘tkazishadi. Ezgulik va saxovat ila yordamga muhtoj kishilarga yordam ko‘rsatiladi.

O‘zbekistonda Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston prezidenti qarori e’lon qilindi.

Qaror "milliy va diniy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlash, el-yurt uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-muruvvat ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, ushbu oyda islom dinining tinchlik, bag‘rikenglik, shukronalik kabi olijanob g‘oyalari hamda insonparvarlik mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida" qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0