Dunyoda

Makgregor rossiyalik sportchilarni kalamush deb haqoratladi: keyin Twitterda post oʻchirildi

© AP Photo/John LocherIrlandskiy boyets UFC Konor MakGregor
Irlandskiy boyets UFC Konor MakGregor - Sputnik Oʻzbekiston
Makgregor rossiyalik sportchilarga nisbatan haqorat soʻzlari yozilgan postni Twitterdan oʻchirdi.

TOSHKENT, 7 may – Sputnik. Irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor Rossiya jangchilarni haqoratlagan postini Twitterdan oʻchirib tashladi. RIA Novosti Sport xabariga asosan.

Bundan avval MMA jangchisi Twitter sahifasida uch nafar rossiyalik sportchilarga nisbatan haqorat postini yozgandi.

“Meldoniy jamoasi. Oʻtgan vaqtda uch nafari doping bilan tushgan: Islom Maxachev, Zubayra Tuxugov va Mairbek Taysumov. Ular hammasi sassiq kalamushlar”, - deb yozgandi Makgregor.

© Udalennыy post iz TwitterOskorbitelnыy post v Twitter Konora Makgregora
Makgregor rossiyalik sportchilarni kalamush deb haqoratladi: keyin Twitterda post oʻchirildi - Sputnik Oʻzbekiston
Oskorbitelnыy post v Twitter Konora Makgregora

Eslatib oʻtamiz, aralash yakkakurash boʻyicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi oʻtgan yil 6 oktyabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida oʻtkazilgan edi.

Habib boʻgʻuvchi usulni qoʻllab, gʻalaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanktsiyalari qoʻllanilgan edi.

Joriy yil 29 yanvar kuni AQShning Nevada shtatida Atletika komissiyasining UFC 229 jang oqshomida yuz bergan janjal yuzasidan sud eshituvi boʻlib oʻtdi.

Komissiya qaroriga koʻra, jang oqshomida janjal uyushtirgan Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatilib, unga 500 ming dollar miqdorida jarima toʻlash majburiyati yuklatilgan edi.

Shuningdek, Habibning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov va uning doʻsti Zubayra Tuxugov ham 1 yilga chetlatilib, ularga 25 ming dollardan jarima toʻlashlari belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala