Dunyoda

Soʻroqqa chaqirilgan Poroshenko Ukraina bosh prokuraturasiga kelmadi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishPredvыbornaya poyezdka P. Poroshenko vo Lvovskuyu oblast
Predvыbornaya poyezdka P. Poroshenko vo Lvovskuyu oblast - Sputnik Oʻzbekiston
Poroshenko 2014 yil Maydan voqealari boʻyicha guvoh sifatida bosh prokuraturasi soʻroqqa chaqirilgan edi.

TOSHKENT, 7 may – Sputnik. Ukraina amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko Bosh prokuraturasiga kelmadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Prezident Ukrainы Petr Poroshenko - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Poroshenko soʻroq uchun prokuraturaga chaqirtirildi - OAV

U 2014 yil Maydan voqealari boʻyicha guvoh sifatida soʻroqqa chaqirtirilgan edi.

Poroshenko kelmasligi haqida prokuraturani ogohlantirmadi.

“Afsuski, koʻrib turganingizdek, guvoh soʻroqqa kelmadi, hech kim tergovchi bilan bogʻlanmadi, kelmaslik sabablarini aytmadi, koʻchirish haqida iltimoslar boʻlmadi”, - deb taʼkidladi prokuratura vakili.

Maydan - Kiyevning asosiy maydoni. Bu maydon 2013 yilda 21 noyabrda yevrointegratsiya tarafdorlari tomonidan bosib olingan.

Keyinchalik maydan huquq tartibot organ va radikallarning toʻqnashuvlar maydoniga aylandi. Toʻqnashuvlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok boʻldi.

Ukrainaning yangi hukumati bu harakatlar uchun javobgarlikni Yanukovichga yuklatdi. Yanukovich va “Berkut” xodimlari bu qotilliklarga aloqadorligini inkor etmoqda.

Davlat toʻntarishidan soʻng “Berkut” tarqatib yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala