Dunyoda

Terrorchi jangarilar Suriyadagi Rossiya aviabazasiga hujum qildi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Fotobankka oʻtishRossiyskaya boyevaya aviatsiya na aerodrome "Xmeymim" v Sirii
Rossiyskaya boyevaya aviatsiya na aerodrome Xmeymim v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
Jangarilar Suriyadagi Rossiya Xmeymim aviabazasiga hujum qildi.

TOSHKENT, 7 may – Sputnik. Jangarilar bir sutka ichida ikki marta raketalar bilan Suriyadagi Rossiya Xmeymim aviabazasiga zarba berdi.

Rossiyskiye voyennыe unichtojili uslovnыx terroristov v gorax Tadjikistana - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya harbiylari Tojikiston togʻlarida “jangarilar”ni yoʻq qildi

Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining vakili Viktor Kupchishin brifingda maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Mudofaa vazirligi vakilining soʻzlariga koʻra, raketa zarbalari sharqiy tomondan ertalab va kech payt amalga oshirildi. Bu hudud “Jabhat an-Nusra”* terrorchi guruhi tomonidan nazorat qilinadi.

“Aviabaza tomon jami 36 ta raketa uchirilgan. Jangarilar zarbalarni “pilotsiz” qurilmalar yordamida boshqarishgan”, - dedi Kupchishin.

Havoga qarshi mudofaa tizimi hujumni qaytardi. Hujum oqibatida aviabaza harbiylari orasida yaralangan yoʻq.

Rossiya havo kuchlari terrorchilarning barcha raketa otish nuqtalarini yoʻq qildi.

Taʼkidlanishicha, Rossiya harbiylariga Suriya armiyasi yordam berdi.

Bundan tashqari, Idlib hududida vaziyat keskin yomonlashdi. Bir sutka ichida jangarilar Xama, Latakiya va Idlib provintsiyasini artilleriya yordamida oʻqqa tutdi. Ayrim aholi punktlariga bir necha marta zarba berildi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala