Toʻqqizinchi may kechasi Toshkentda bayram salyuti otiladi

© Foto: Ramiz BaxtiyarovSalyut v Tashkente
Salyut v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼkidlanishicha, poytaxt osmoni uzra mushakbozlik soat 21:00da Xalqlar doʻstligi maydonida yogʻdu sochadi.

TOSHKENT, 7 may - Sputnik. 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentda bayramona mushakbozlik oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Uchastniki startovavshey Vserossiyskoy yejegodnoy aktsii Georgiyevskaya lentochka - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda Georgiy tasmalari tarqatiladi

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu shou urush qatnashchilari va faxriylarning yurt tinchligi va ozodligi yoʻlida qilgan ulugʻ xizmatini sharaflash maqsadida tashkil etilmoqda.

“Bu bilan yoshlar ongiga 9 may – Xotira va qadrlash kunining ahamiyatini singdirish, gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshgan, vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kishi xotirasi abadiylashtirilishi, ularga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatilishini tushuntirish va targʻib etish koʻzda tutilgan”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, poytaxt osmoni uzra mushakbozlik soat 21:00da Xalqlar doʻstligi maydonida  yogʻdu sochadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala