Jamiyat

Toshkentda 9 may kuni “Oʻlmas polk” aktsiyasi oʻtkaziladi

© Sputnik"Bessmertnыy polk" v Tashkente
Bessmertnыy polk v Tashkente  - Sputnik Oʻzbekiston
2019 yil 9 may kuni trotuarlar va piyoda yoʻlakalari boʻylab “Birodarlik qabristoni” majmuasidan to Mustaqillik maydonidagi Soʻnmas olov yodgorligigacha musiqiy dastur bilan piyoda oʻtiladi.

TOSHKENT, 7 may – Sputnik. 2019 yil 9 may kuni trotuarlar va piyoda yoʻlakalari boʻylab “Birodarlik qabristoni” majmuasidan to Mustaqillik maydonidagi Soʻnmas olov yodgorligigacha musiqiy dastur bilan piyoda oʻtiladi.

Bu haqda Toshkentda “Oʻlmas polk” aktsiyasi Facebook sahifasida post yozilgan.

Tashkilotchilar yozishicha, saf qatʼiyan trotuarlar va piyoda yoʻlkalari boʻyicha harakatlanadi.

“shuning uchun agar kimdir transport vositalari qatnaydigan yoʻlga chiqishga yoki svetoforning qizil chiroq ishorasiga yoʻlni kesib oʻtishga daʼvat etsa, biz bundaylarning taʼsiriga tushib qolmasligimiz kerak, biz bunday “aqllini” videoga tushiramiz va militsiya xodimlariga taqdim etamiz”, - deb yozilgan postda.

Postda harakat rejasi va chorrahalarga yetib kelishning taxminiy vaqtlari yozilgan.

© Facebook / Aktsiya "Bessmertnыy Polk" v TashkenteV Tashkente 9 maya proydet aktsiya "Bessmertnыy polk"
Toshkentda 9 may kuni “Oʻlmas polk” aktsiyasi oʻtkaziladi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente 9 maya proydet aktsiya "Bessmertnыy polk"

Taʼkidlanishicha, soat 12:38 da “Mustaqillik” maydonidagi Soʻnmas olov, gulchambar qoʻyish rejalashtirilgan.

© Facebook / Aktsiya "Bessmertnыy Polk" v TashkenteV Tashkente 9 maya proydet aktsiya "Bessmertnыy polk"
Toshkentda 9 may kuni “Oʻlmas polk” aktsiyasi oʻtkaziladi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente 9 maya proydet aktsiya "Bessmertnыy polk"

“Safga uning harakati davomida xohlagan paytda orqa tomonidan qoʻshilish mumkin. Oldingi qatorga suqilmaymiz. Chorrahalardagi piyodalar oʻtish joyidan faqat yashil chiroqqa harakatlanamiz. Saf sekin harakatlanadi, shuning uchun hech kim ortda qolmaydi”, - deyilgan postda.

© Facebook / Aktsiya "Bessmertnыy Polk" v TashkenteV Tashkente 9 maya proydet aktsiya "Bessmertnыy polk"
Toshkentda 9 may kuni “Oʻlmas polk” aktsiyasi oʻtkaziladi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente 9 maya proydet aktsiya "Bessmertnыy polk"

"Oʻlmas polk" - "Bessmertnыy polk" - Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari xotirasini saqlab qolish maqsadida oʻtkaziladigan xalqaro fuqarolik-vatanparvarlik harakatidir.

Aktsiya Rossiya va boshqa davlatlarda oʻtkaziladi.

Yurish ishtirokchilari har yili Gʻalaba kunida oʻz qarindoshlarining suratlarini koʻtargan holda kolonna boʻlib koʻchalardan oʻtadilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala