Hodisalar

Toʻrt ming dollar evaziga oʻqishga kiritmoqchi boʻlgan talaba qoʻlga olindi

© Nguyen Huy KhamDollarы
Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston davlat madaniyat va sanʼat instituti Nukus filiali talabasi fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali oʻzi tahsil olayotgan oliygohga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan.

TOSHKENT, 7 may - Sputnik. Qoraqalpogʻistonda 4000 dollar evaziga oʻqishga kiritishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkaziladi.

Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻn bir ming dollar evaziga oʻqishga kiritmoqchi boʻlgan firibgar qoʻlga tushdi

Tadbir davomida Oʻzbekiston davlat madaniyat va sanʼat instituti Nukus filiali talabasi fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali oʻzi tahsil olayotgan oliygohga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgani aniqlanadi.

Firibgar xizmati evaziga fuqarodan 4000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushadi.

Mazkur holat yuzasidan firibgarga nisbatan Oʻzbekiston JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala