O‘zbekistonda ekstremistik tashkilot nomlari ro‘yxati ma’lum qilindi

© Collage Sputnik / Jeshu JohnProsmotr zapreshennix agitatsionnix materialov
Prosmotr zapreshennix agitatsionnix materialov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Adliya vazirligi ekstremistik tashkilot nomlari ro‘yxatini e’lon qildi.

TOShKENT, 8-may – Sputnik. Adliya vazirligi matbuot xizmati ekstremistik tashkilot nomlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Adliya vazirligi korrupsiya qarshi maxsus Telegram botni ishga tushirdi

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 30-iyuldagi “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining  14-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish sud tartibida amalga oshiriladi.

Tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish to‘g‘risidagi ariza O‘zbekiston Bosh prokurori tomonidan O‘zbekiston Oliy sudiga beriladi.

Qaysi tashkilotlarga nisbatan sudning ularni ekstremistik tashkilot deb topish va O‘zbekiston Respublikasi hududida ularning faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud bo‘lsa, o‘sha tashkilotlarning ro‘yxati O‘zbekiston Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi lozim.

Sotrudnik sil bezopasnosti Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
“Islom davlati”ning Markaziy Osiyo jangarilariga javobgar bo‘lgan boshliq yo‘q qilindi

“O‘zbekiston 2018-yil 30-iyuldagi “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining hududiga ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish, shuningdek ularni ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish va namoyish etish taqiqlanadi.

Shuningdek, mazkur moddaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, tayyorlanayotgan, saqlanayotgan, tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan, shuningdek ommaviy axborot vositalarida yoki telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan materiallar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekstremistik materiallar deb topiladi”, - deyilgan xabarda.

Demonstranti s flagom IG. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
“Islom davlati” qayerda qayta tiklanishi mumkinligi ma’lum qilindi

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019-yil 12-martdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, internet jahon axborot tarmog‘ining “najot.info” va “hizb-uzbekiston.info” veb-saytlari hamda “Facebook”, “Youtube” va “Telegram” axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi nomlardagi profil, kanal va sahifalari ekstremistik va terroristik deb topildi

Adliya vazirligi 40 ta profil, kanal va sahifalarning ro‘yxatini taqdim etgan.

Yangiliklar lentasi
0