Ulkan tarakan nutq so‘zlayotgan Filippin prezidenti ustidan o‘rmaladi - video

© AFP 2023 / ROSLAN RAHMANPrezident Filippin Rodrigo Duterte
Prezident Filippin Rodrigo Duterte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari vaziyatdan chiqish uchun tarakan muxolifat Liberal partiyasi vakillarining ishi ekanini aytib, hazil qilgan.

TOShKENT, 10-may - Sputnik. Ulkan tarakan senat oldida chiqish qilayotgan Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening ustiga o‘rmalab chiqdi.


Rappler nashri tomonidan e’lon qilingan kadrlarda prezident o‘z tanasidagi hasharotga e’tibor qilmagani aks etgan. Oradan bir necha soniya o‘tib, uning oldiga yordamchisi yugurib kelgan va tarakanni bir to‘plam qog‘oz bilan qoqib tushirishga harakat qilgan. Shundan so‘ng Dutertening o‘zi tarakanni qo‘l bilan ushlab, olib tashlagan.

Davlat rahbari vaziyatdan chiqish uchun tarakan muxolifat Liberal partiyasi vakillarining ishi ekanini aytib, hazil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0