Nazarboyev Alisher Usmonovni  “Dostiq” ordeni bilan mukofotladi

© ADG8Nazarbayev nagradil Alishera Usmanova ordenom "Dostik"
Nazarbayev nagradil Alishera Usmanova ordenom Dostik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Alisher Usmonov boshqaruvida bo‘lgan “Metallinvest” kompaniyasi Qozog‘istonda 15-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

TOShKENT, 11-may – Sputnik. Qozog‘iston Birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev “USM Holdings” kompaniyasi asoschisi Alisher Usmanovni “Dostiq” ordeni bilan mukofotladi, deb xabar qilmoqda Akorda sahifasi.

“Yelbasi Nursultan Nazarboyev Alisher Usmonovni Rossiya va Qozog‘iston orasida do‘stlik va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan sezilarli hissasi uchun І darajali “Dostiq” ordeni bilan mukofotladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov boshqaruvida bo‘lgan “Metallinvest” kompaniyasi Qozog‘istonda 15-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya Qozog‘istonga quvurlar, metall prokati, shveller, armatura, profnastil va boshqa mahsulotlar yetkazib beradi. Qozog‘istonning Uralsk, Aksay, Aktobe, Atirau, Aktau, Shimkent va Taraz shaharlarida kompaniyaning bazalari bor.

© ADG8Nazarbayev nagradil Alishera Usmanova ordenom "Dostik"
Nazarboyev Alisher Usmonovni  “Dostiq” ordeni bilan mukofotladi - Sputnik O‘zbekiston
Nazarbayev nagradil Alishera Usmanova ordenom "Dostik"
Yangiliklar lentasi
0