Bugun Saylgohda Tohir Sodiqov kuylaydi

Obuna bo‘lish
Bugun Brodveyda "Toshkent sizni sevadi" loyihasi doirasida Tohir Sodiqov kuylaydi.

TOShKENT, 12-may – Sputnik. Bugun Toshkent shahridagi Saylgoh ko‘chasidaTohir Sodiqov kuylaydi deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati.

“Shaharimizda "Toshkent sizni sevadi" loyihasi doirasida bo‘lib o‘tayotgan  musiqiy kechalar  bugun 12-may kuni xam davom etadi. Ko‘plab talablarga binoan bugun xam Toxir Sodiqov siz uchun 18:00 dan boshlab Sayilgohda kuylaydi”, - deyilgan xabarda.

"Toshkent sizni sevadi" loyihasi Toshkent hokimiyati tomonidan 2018-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, aholi orasida Toshkent shahar imidjini yaxshilashga qaratilgan. O‘tgan davr mobaynida loyiha doirasida ko‘plab xayriya tadbirlari, turli yarmarkalar, konsert va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0