Mudofaa vazirligi Toshkentda salomatlik aksiyasi o‘tkazdi

© Press-slujba Minoboroni UzbekistanaVoyennoslujashie Uzbekistana prinyali uchastie v ozdorovitelnoy aksii
Voyennoslujashie Uzbekistana prinyali uchastie v ozdorovitelnoy aksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Salomatlik aksiyasida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etishdi.

TOShKENT, 12-may - Sputnik. Toshkentda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida salomatlik aksiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri Mudofaa vazirligi xabariga asosan.

“Bugun, 12-may kuni ertalab soat 8.00da Mudofaa vazirligi hamda Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida “Sog‘ tanda — sog‘lom aql” shiori ostida ommaviy yurishi bo‘lib o‘tdi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi - aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh avlodni jismonan chiniqtirish va sport orqali ayollarimiz salomatligini yanada mustahkamlashdir.

Ommaviy tadbir Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “YeKO” bozori oldidan “Feruza” massivi bo‘ylab o‘tkazildi. Yurish aksiyasi ishtirokchilariga Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri hamkorxlik qildi.

Aksiya so‘nggi nuqtasi “Finish” chizig‘i oldida tadbir ishtirokchilari uchun Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Yangiliklar lentasi
0