Sport

OFK Ignatiy Nesterovni 8 oyga diskvalifikatsiya qildi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaVratar sbornoy Uzbekistana po futbolu Ignatiy Nesterov
Vratar sbornoy Uzbekistana po futbolu Ignatiy Nesterov - Sputnik Oʻzbekiston
BAAda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogi vaqtida Nesterovning qonida taʼqiqlangan modda topilgan edi.

TOSHKENT, 12 may – Sputnik. Osiyo futbol konfederatsiyasining tartib intizom qoʻmitasi Oʻzbekiston terma jamoasining darvozaboni Ignatiy Nesterovni 8 oyga diskvalifikatsiya qildi.Bu haqida Futbolium telegram kanali xabar qildi.

Vratar sbornoy UZbekistana Ignatiy Nesterov - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Doping mojarosi: OʻFA Ignatiy Nesterov ishi boʻyicha rasmiy bayonot berdi

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning yanvar oyida BAAda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogi vaqtida Nesterovning qonida taʼqiqlangan modda topilgan edi. Keyinroq uning oʻzi Osiyo chempionati vaqtida, jamoa shifokorining ruxsatisiz vazn kamaytiradigan dori vositalaridan foydalanganini xabar qilgan edi.

Ushbu holat yuzasidan Osiyo futbol konfederatsiyasining tartib-intizom qoʻmitasi oʻzining yakuniy qarorini qabul qildi. Oʻzbekiston terma jamoasining darvozaboni 8 oyga diskvalifikatsiya qilindi. Diskvalifikatsiya muddati 13 oktyabrda tugaydi, lekin Nesterov 13 avgustdan boshlab mashgʻulotlarda ishtirok etishi va boshqa jamoalar bilan shartnomalar imzolash huquqiga ega boʻladi.

Ushbu yilning sentyabr oyida Oʻzbekiston terma jamoasi 2022 yilda Qatarda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatining saralovchi oʻyinlarida ishtirok etishni boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala